KORRUPSIYANING OLDINI OLISH MEXANIZMLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda uning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ishchi-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining komplaens nazorati xizmati boshlig‘i G‘olibjon Boliyevning "Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olishning preventiv mexanizmlari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzachi va so‘zga chiqqanlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi prinsiplari mavzulari doirasida o‘zaro fikr almashdilar. Ishtirokchilarning savollarga javoblar berildi.

Yig‘ilishda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining maslahatchisi Inomjon Abdiyev, xodimlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ro‘zimuhammad Yax’yoyev ishtirok etdilar.

Сайт маълумотларидан фойдаланганда http://aokaxorazm.uz расмий веб сайтига ҳавола кўрсатиш шарт.